
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi turk klubiga o‘tdi
Slovakiyalik mashhur himoyachi Martin Shkrtel "Istanbul Bashakshexir" klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash lozimki, 34 yoshli futbolchi “Atalanta” bilan shartnomasini bekor qilgach turk klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. E’tiborlisi, Shkrtel A Seriya klubi bilan shartnoma imzolagan sanadan bir necha hafta o‘tiboq kelishuvni bekor qildi.
Ma’lumot uchun, Shkrtel faoliyati davomida "Trenchin", "Zenit", "Liverpul" va "Fenerbaxche" kabi jamoalarda to‘p surgan. Slovakiya terma jamoasida esa 103ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar