"Liverpul"ning yana bir a’zosi koronavirus yuqtirib oldi

  • 6 oktabr, 2020, 14:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubida muammolar ko‘paymoqda.

Jamoa yarim himoyachisi Jerdan Shakiri koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqida Shveytsariya futbol ittifoqi xabar bermoqda. Millatlar Ligasining navbatdagi turlaridan o‘rin olgan Ispaniya va Germaniya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda  ishtirok etish uchun yig‘inga jalb qilingan 28 yoshli xavbekning tahlil natijalari musbat chiqqan va futbolchi izolyatsiyaga olingan.

Shakiri COVID-19ga chalingan mersisaydliklarning 3-futbolchisi hisoblanadi. Avvalroq, Sadio Mane hamda Tyago Alkantara ham ushbu virusni yuqtirib olgani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!