“Liverpool”ning yangi bosh murabbiyi birinchi bayonotini berdi

  • 05.06.2026 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola “Liverpul” jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangandan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Men juda kuchli hayajondaman. Chunki “Liverpul” – buyuk jamoa, dunyodagi eng katta klublardan biri. Men doimo uni alohida ahamiyatga ega klub, deb hisoblaganman.

Sizni “Liverpul” jalb qilishi uchun ko‘p narsa kerak emas. Chunki “Liverpul” — bu “Liverpul”.

Muxlislar, muhit, klubning o‘zi, yuqori saviyali futbolchilar bilan ishlash va sovrinlar uchun kurashish imkoniyati – bularning barchasi jozibador.

Bundan ham yaxshi imkoniyatni topish qiyin. Shuning uchun ishni boshlashni intiqilik bilan kutyapman, - dedi Andoni Iraola.

43 yoshli ispaniyalik mutaxassis Angliya Prmyer-ligasida ishlash tajribasiga ega. U 2023 yildan beri joriy mavsum oxiriga qadar “Bornmut”ni  muvaffaqiyatli boshqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!