Lo Chelso "Tottenxem"dan ketmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli argentinalik futbolchi nafaqat jamoadagi holatidan, balki, "shporlar"ning yangi ustozi Joze Mourino bilan yaxshi munosabatda emasligi bois ham boshqa klubga ketmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Lo Chelsoning transfer huquqi "Betis"ga tegishli. “Tottenxem” uni bir mavsumga ijaraga olgan edi. U joriy mavsum APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.



Fikrlar