"Lokomotiv" – AGMK. Uchrashuvga doir qiziq ma’lumotlar
Superliganing 2-tur uchrashuvi «Lokomotiv» — AGMK qarama-qarshiligiga bag‘ishlangan o‘yinoldi prevyuni taqdim etamiz.
O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, barcha musobaqalardagi o‘tkazilgan jami 29 o‘yinda "Lokomotiv" 17 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 7 marotaba "temiryo‘lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 5 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati: 54-36, "Lokomotiv" foydasiga.
O‘yin bosh hakami etib Elyor Tursunov tayinlangan. Shuningdek, ushbu bahsda VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilgan. Unga mas’ul tajribali referi Ilgiz Tantashev hisoblanadi.
Birinchi turda har ikkala jamoa mavsumni mag‘lubiyatga uchragan holda boshlashiga to‘g‘ri keldi. "Lokomotiv" Olmaliqda "Qizilqum"ga engilgan bo‘lsa, AGMK Bekobodda "Metallurg"ga yutqazdi.
E’tiborga molik tarafi, bo‘lajak bahsda "konchilar" a’zolari - Aleksandr Kasyan, Shohruh Gadoev va Sardor Rahmonov diskvalifikatsiya tufayli ishtirok etmaydi.
O‘yin 11 mart kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida soat 18:30da boshlanadi.
Manba: AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar