"Lokomotiv" 2012 yildagi natijasini takrorlashga yaqin turibdi

  • 2 noyabr, 2019, 18:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘ziga xos natijasi bilan ko‘pchilikning e’tiborini  tortmoqda. Jamoa a’zolari 23-turda Olmaliqda AGMKga qarshi o‘tgan bahsda 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Bir qarashda bu futbolda yuz beradigan oddiy hisoblardan biri sifatida ko‘rinishi tabiiy.

Tecno

Lekin gap shundaki, temiryo‘lchilar oxirgi 8 ta uchrashuvning 6 tasida faqat 1:1 hisobini qayd etdi. Ochig‘i, bunday natija ko‘rsatish hammaga ham nasib qilmasa kerak. E’tiborlisi, 1:1 hisobidagi duranglar asosan Samvel Babayan bosh murabbiy bo‘lganidan keyin yuz bergan. Ungacha esa «Loko» ishtirokidagi uchrashuvlarda ushbu hisob kuzatilmayotgandi. Hammasi esa 16-turda Termizda «Surxon»ga qarshi uchrashuvdan boshlandi.

Endi bemalol aytishimiz mumkinki, Babayan 1:1 hisobi bo‘yicha o‘ziga xos «mutaxassis»ga aylanib bormoqda. Yana bir qiziq jihati shundaki, «Lokomotiv»ning oldingi mavsumlarda qayd etgan 1:1 hisoblarini kuzatib chiqdik. Unga ko‘ra 2012 yilgi chempionatda «Lokomotiv» ishtirok etgan o‘yinlarda ushbu hisob etti marta qayd etilgan. Albatta, bu holat butun mavsum davomida kuzatilgan. Hozirgi paytda esa «Lokomotiv» ikkinchi davraning o‘zidayoq 6 marta 1:1 o‘ynashga ulgurdi. Oldinda yana uchta tur qolganini hisobga olsak, «Lokomotiv»da 2012 yildagi natijani takrorlash imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LEGIONER
02/11/2019 21:25
Babayan ham murabbiymi bo'lmasa