
"Lokomotiv" "Chelsi"dan futbolchi olmoqchi
"Chelsi" himoyachisi Malang Sarrning agenti Federiko Pastorello mijoziga Rossiya premer-ligasi klublaridan qiziqish bo‘layotganini ma’lum qildi.
"Lokomotiv" va yana bir qator RPL jamoalari Sarrga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu borada aniq bir taklif bo‘lmadi.
Malang Rossiyaga kelishga tayyormi? Hammasi takliflarga bog‘liq", – dedi Pastorello.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" Malangni 2020 yilda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. U joriy mavsum “aristokratlar” safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar