
"Lokomotiv" darvozaboni jamoaga qaytdi
O‘tgan mavsumni "Surxon" safida o‘tkazgan iste’dodli darvozabon Rustam Nartadjiev yana "Lokomotiv" safiga qaytdi.
"Nartadjiev yoshlikdan ""temiryo‘lchilar" safida katta bo‘ldi va jamoani juda yaxshi biladi. Tarkibda Ignatiy Nesterov, Ma’mur Ikromov, Javohir Ilyosov kabi mohir darvozabonlar bo‘lgani uchun unga imkoniyat berilmagandi.
Natijada Nartadjiev "Surxon"ga borib o‘zini ko‘rsata oldi va tajriba orttirib ortga qaytdi", - deya xabar tarqatdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar