"Lokomotiv" klubi yangi homiyga ega bo‘ldi

  • 15 aprel, 2022, 23:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z oldiga doim yuqori maqsadlarni qo‘yadigan “Lokomotiv” professional futbol klubi 15 aprel kuni yurtimizdagi eng yirik kompaniyalardan biri BMB Trade Group bilan titul homiylik shartnomasini imzoladi.

Tecno

2017 yilning 4 aprel sanasida tashkil etilgan ushbu kompaniya o‘tgan 5 yil mobaynida Respublikamiz hamda xalqaro miqyosida juda katta yutuqlarga erishgani ko‘pchilikka ma’lum. Kompaniya rahbariyati “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurib, futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

Tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi. Tadbirning birinchi qismida har ikki tashkilot rahbariyati muzokaralar stolida shartnoma imzolashdan maqsad va shartnoma shartlarini kelishib olishdi. Tadbirning ikkinchi qismi “Lokomotiv” anjumanlar zalida davom ettirilib, bunda OAV xodimlari va muxlislar ko‘z o‘ngida shartnomaga imzo chekish tadbiri o‘tkazildi.

loko111

Tadbirda so‘z olgan “Lokomotiv” PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov shunday dedi:

“Futbol klubimiz tashkil etilganidan beri doim o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelyapmiz. So‘nggi yillarda futbol marketingi sohasida ham katta qadam tashladik. Bugundan boshlab BMB Trade Group kompaniyasining “Lokomotiv” PFK titul homiysiga aylangani klubimiz faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘ylaymanki, hozircha bir yilga tuzilgan homiylik shartnomasi faqat shu bilan to‘xtab qolmaydi. Biz BMB Trade Group bilan uzoq muddatli hamkorlik olib borishga harakat qilamiz”.

Timul homiylik shartnomasini imzolash marosimida BMB-Opera Zafferano O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori Aziz Mamatqulov va “Lokomotiv” PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov ishtirok etdilar.

loko1111

BMB Trade Group kompaniyasi va “Lokomotiv” professional futbol klubi o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochib, shuningdek, klubning futbol an’analarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
16/04/2022 14:22
Барча хомийлар Тошкентни бир тийинга киммат жамоаларига насиб этади. Кани вилоят жамоалари хам хомийларга берилсин. Вилоят жамоасига хомийлик истагини билдирган компанияни Тошкент жамоаларига буравермасдан