"Lokomotiv" klubiga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

  • 21 avgust, 2020, 12:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha "Lokomotiv" klubi bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarganini ma’lum qilgandi. Bugun "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyligini vaqtinchalik bajaruvchi etib U-21 jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev tayinlandi.

Tecno

"Kecha “Lokomotiv” PFK rahbariyati qaroriga ko‘ra, asosiy jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Fyodorov iste’foga chiqarilganini xabar bergandik. Bugun rahbariyat futbolchilar bilan uchrashib, shu paytgacha “Lokomotiv” U-21 jamoasini boshqarib kelgan Dilshod Nuraliev asosiy tarkib bilan ishlashini ma’lum qildi.
Bugundan Dilshod Jo‘raevich “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi lavozimida ish olib boradi. Olmaliq shahridagi OKMK stadionida bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” bahsida “temiryo‘lchilar”ni malakali murabbiy, bir necha o‘nlab shogirdlar ustozi Dilshod Nuraliev boshqaradi. Bugungi o‘yinda jamoamizga omad tilab qolamiz!", - deyiladi rasmiy axborotda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!