"Lokomotiv" legionerlari bilan xayrlashdi

  • 02.11.2023 10:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” safida o‘zgarishlar yuz berishi haqida saytimiz orqali xabar berib o‘tgandik. Kuni kecha bosh murabbiy sifatida ishlagan Denis Korostichenko klubdan ketgani haqida xabar bergandik.

Endilikda jamoadagi bir qator legionerlari ham o‘zlariga boshqa klub topadilar. Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, “Lokomotiv” Boyan Naydenov, Shime Zuzul, Manuchexr Safarov va Rustam Soirov kabi futbolchilar bilan xayrlashgan.

Ma’lumot uchun, ushbu legionerlar jamoaga mavsum boshida qo‘shilgan va o‘tgan vaqt mobaynida “Lokomotiv”ning Superligaga qaytish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shdilar.

"O‘rnimga boshqasi keladi" - Superligaga qaytgan "Lokomotiv"da bosh murabbiy o‘zgaradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!