"Lokomotiv" Muhammadanas Hasanov bilan xayrlashdi

  • 08.07.2022 13:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ushbu mavsum boshida “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shilgan Muhammadanas Hasanov yozgi transfer oynasi paytida jamoamizni tark etdi.

“Qo‘qon-1912”dan “temiryo‘lchilar” safiga o‘tgan yarim himoyachi “Loko” tarkibida ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. “Dinamo” bilan kechgan bahsda raqib darvozasiga to‘p kiritgan futbolchi bilan har ikki tomonning o‘zaro roziligi asosida shartnoma bekor qilindi.

mx

“Lokomotiv” PFK Muhammadanas Hasanovga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!