
“Lokomotiv” tarbiyalanuvchisi “Flitvud Taun”ning “Bolton”ga qarshi o‘yinida xet-trik qayd etdi
Xabaringiz bor, “Lokomotiv”ning ikki nafar yosh futbolchilari yaqinda Angliyaning “Flitvud Taun” safida tajriba orttirish uchun ingliz diyoriga yo‘l olishgan edi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yosh iste’dod egasi Xurmatbek Yo‘ldoshev hamda “Flitvud Taun” murabbiylar shtabining iltimosiga ko‘ra iqtidorli darvozabon Rustam Nortojiev ayni paytda ingliz klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda. Shu bilan birgalikda Toshkent jamoasi tarbiyalanuvchilari “Flitvud” safida o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushishmoqda.
Kuni kecha “Flitvud Taun”ning U-18 jamoasi “Bolton”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Unda “Flitvud” 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda “Lokomotiv”ning 17 yoshli tarbiyalanuvchisi 3ta gol urib, xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar