"Lokomotiv" U21 jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

  • 11.01.2026 12:11
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Anvar Rahimov - "Lokomotiv" U21 jamoasi bosh murabbiyi. 

"Klubimiz rahbariyati yangi mavsumda yoshlarimizni boshqarishni Anvar Rahimovga ishonib topshirdi. Anvar Rahimovga "Lokomotiv"ga xush kelibsiz deymiz va yangi mavsumda g'alabalar tilab qolamiz” - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Anvar Rahimov o'tgan mavsumda "Bunyodkor" U21 jamoasini boshqarib, jamoani 6 yillik tanaffusdan so'ng medal sari yetakladi va kumush medallarga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!