"Lokomotiv" yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimida klub oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifa haqida ma’lumot beriladi

  • 5 mart, 2022, 14:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har yil mavsum avvalida taqdimot marosimi o‘tkazish va yangi futbolchilarni tanishtirish "Lokomotiv" PFK uchun an’anaga aylanib ulgurgan.

Tecno

Kelayotgan haftaning dushanba - 7 mart kuni "Lokomotiv" stadioni anjumanlar zalida "temiryo‘lchilar" safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbirda "Lokomotiv" PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov va asosiy jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko ishtirok etadi. Taqdimot marosimida yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish bilan birgalikda jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi hamda bu mavsum klub oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar haqida so‘z boradi.

Bundan tashqari "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan Rustam Nartadjiev, Alisher Salimov, Muhammadanas Hasanov, Jerom Etame, Ma’ruf Jumaev kabi futbolchilariga o‘z futbolkalari topshiriladi.

7 mart kuni bo‘lib o‘tadigan tadbir soat 12:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!