“Lokomotiv” yoshlari bugun “Istiqlol” bilan o‘ynaydi
Davralar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida “Lokomotiv” jamoasi yoshlar tarkibi bir qator sinov-nazorat bellashuvlarida maydonga tushib kelmoqda.
Bugun ham yosh “temiryo‘lchilar” nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Jamoamizga bu safar Birinchi Liganing etakchi jamoalari orasida borayotgan Farg‘onaning “Istiqlol” klubi raqiblik qiladi.
O‘rtoqlik o‘yini maqomida kechadigan match TTYMI stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar