“Lokomotiv” yoshlari “Sho‘rtan”ga imkoniyatni boy berdi

  • 24 iyul, 2017, 20:35
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, ayni damda davralar oralig‘idagi tanaffus davom etmoqda. Shu boisdan ko‘plab jamoalar ushbu tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

“Lokomotiv”ning o‘rinbosarlar tarkibi ham bir qator nazorat bahslari o‘tkazdi. Bugun ham yosh “temiryo‘lchilar” G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi asosiy tarkibi bilan o‘zaro kuch sinashishdi. Bu haqda klub matbuo xizmati xabar bermoqda.

Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda tajriba “o‘z so‘zi”ni aytdi hamda g‘uzorlik futbolchilar 3:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. “Lokomotiv” yoshlari safida kiritilgan yagona golga Shohruh Mo‘minqulov mualliflik qildi.

Jamoa bugungi bahsni ushbu tarkibda o‘tkazdi: R. Nortojiev, Yu. Shoimov, S. Proxorov, F. Ibragimov, U. Ahmadzoda, Sh. Mo‘minqulov, Sh. Sobirov, B. Ergashev, A. Sheraliev, M. Bikmaykin, E. Tanaev. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: A. Qo‘chqorov, H. Rahimjonov, A. Odilov, U. Abdullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!