"Lokomotiv" yozda A Seriyadan 3 ta futbolchi sotib olmoqchi

  • 14.05.2020 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi yozgi transferlar davrida o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Rossiyalik jurnalist Sergey Egorovning xabar berishicha, “temiryo‘lchilar” bu borada A Seriyada to‘p surayotgan 3 ta futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Bular "Fiorentina" yarim himoyachisi Milan Badel, "Atalanta" himoyachisi Arkadiush Reka va "Napoli" vingeri Amin Yunesdir.

Badel va Rekaning transferlari 2,4 million evrodan, Yunesniki esa 6 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fc.navbahor
14/05/2020 20:28
Baraka topkur adminlar lokamativ maskva dep yozinglar sarlavhaga qorqip ketim bizi lokamativmi dep