
"Lokomotiv"ning braziliyalik futbolchisi ketib qoldi
Moskvaning “Lokomotiv” klubi markaziy himoyachisi Pablo Nasimento jamoa bilan amaldagi shartnomasi borligiga qaramay Rossiyani tark etdi.
Futbolchining rafiqasi instagramda ularning oilasi Moskvadan Braziliyaga uchib ketganini tasdiqladi.
«Temiryo‘lchilar» futbolchini 2021 yilning yanvarida 2,5 million evroga sotib olgandi.
O‘shandan beri Pablo "Lokomotiv" tarkibida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar