
"Lokomotiv"ning sobiq rahbari Jasur Jaloliddinovning agentiga javoban: Ha, albatta. U Joaudan kuchliroq, xuddi O‘zbekiston termasi Portugaliyadan kuchliroq bo‘lgani kabi
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tayotgan “Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous Rossiya ommaviy axborot vositalariga mijozi Joau Mariudan kuchliroq ekanligini aytgandi.
Shundan so‘ng, "Lokomotiv"ning sobiq bosh direktori Ilya Gerkus tvitterdagi o‘zining sahifasida agentning bu fikrlariga javob qaytardi.
- Ha, albatta. U Joau Mariudan kuchliroq, xuddi O‘zbekiston termasi Portugaliyadan kuchliroq bo‘lgani kabi, - deya yozib qoldirdi Gerkus tvitterdagi sahifasiga.
The Guardian ekspertlari talqiniga ko‘ra, o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan Jasur Jaloliddinovni Moskvaning "Lokomotiv" klubi 350 ming evroga sotib olayotgani ma’lum qilindi.
Hamyurtimizga Turkiyadan ham qiziqish bo‘lgandi. Biroq u "Beshiktosh"dan ko‘ra "Lokomotiv"ni tanladi.
Fikrlar