London derbisi oldidan "Chelsi"ning ikki etakchisi safga qaytdi
"Chelsi" vingeri Xakim Ziesh va yarim himoyachi Ngolo Kante "Arsenal"ga qarshi derbida jamoasiga yordam berishi mumkin. Bu haqda "arrsitokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma’lum qildi.
"Xakim va N’Golo bugun mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Ularda muammo yo‘q. Ertaga biz qaror qabul qilishdan avval ikkisi va jamoa bilan qizg‘in mashg‘ulot olib borishimiz kerak. Lekin hozircha ular tayyor", - dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, London derbisi 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. Birinchi turda "Chelsi" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Arsenal" mavsumni mag‘lubiyat bilan boshlagandi.



Fikrlar