London klubi etakchisi uchun narx belgiladi
"Vest Xem" klubi yarim himoyachi Deklan Raysning tovon pulini ma’lum qildi. Bu haqda "Football London" xabar beradi.
Manbaning yozishicha, londonliklar Deklan bilan 100 million funt evaziga xayrlashishga tayyor. Avvalroq, Raysga asosiy da’vogarlar "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ekani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, futbolchiga "Manchester Siti" ham befarqmas.
Eslatib o‘tamiz, Rays "Vest Xem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 "bolg‘achilar" safida debyutini amalga oshirgandi. Joriy mavsum havbek APLda 4ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar