Lopetegi Qatarni Jahon chempionatiga olib chiqdi

  • 15.10.2025 00:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan 9 yil oldin Lopetegi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimiga tayinlagan. Shundan so‘ng Ispaniya termasini 20 ta uchrashuvda maydonga olib chiqib shularning 16 tasida g‘alaba qozongan va 4 tasida duranga imzo chekkan. Ispaniyalik murabbiy o‘z yurti jamoasini 2018 yilda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga olib chiqadi va mundial oldidan terma jamoadan ketadi.

2018 yilda Jahon chempionati boshlanishi arafasida Lopetegi "Real" bosh murabbiyi bo‘lgani rasman e’lon qilinadi. Bundan esa Ispaniya federatsiyasi jahli chiqib, uni iste’foga chiqaradi. Rossiyadagi turnir "qizil furiya" uchun, "Real"dagi faoliyat esa Xulen uchun yomon o‘tadi. 

Qatar vs United Arab Emirates: FIFA World Cup Qualifier

59 yoshli mutaxassis 2025 yilning may oyida Qatar bosh murabbiyiga aylanadi. JCh-2026 3 bosqichidagi ohirgi 2 ta uchrashuvda O‘zbekiston va Eron terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda 3 ochko olib beradi va to‘rttinchi saralash bosqichiga olib chiqadi. Bu bosqichda Lopetegi 1 ta g‘alaba va 1 ta durang natija bilan qatarliklarni "JCh-2026" yo‘llamasini taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!