
Lorente mavsum startini o‘tkazib yuboradi
"Suonsi" klub hujumchisi Fernando Lorente Angliya chempionati startini o‘tkazib yuboradi.
AFP nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi 12 avgust kuni "Sautgempton" bilan bo‘ladigan APLning ilk tur bahsiga qadar tiklanana olmaydi.
Biroq "Manchester Yunayted"ga qarshi 19 avgust kuni bo‘ladiga o‘yinda maydonga tusha oladi. Eslatib o‘tamiz, Lorente iyunda velosipeddan yiqilib tushib, qo‘lini sindirib olgan edi.
Fikrlar