Loris uchun bu mavsum tugadi

  • 6 may, 2023, 10:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris bu mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi.

Tecno

36 yoshli darvozabon mushaklaridagi jarohati tufayli APLning 32-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" bilan o‘yinni davom ettira olmadi va "shporlar" 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

"Tottenxem" bosh murabbiyi Rayan Meyson matbuot anjumanida Lorisning joriy mavsum yakuniga qadar safdan chiqqanini, jamoa vaziyatdan juda xafa ekanligini aytdi.

Frantsiyalik posbon joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 9 uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, London klubi 34-turdan so‘ng 54 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!