Lorisga grand klubdan taklif kelib tushdi

  • 31 iyul, 2023, 04:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris faoliyatini Parij klubi safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Shporlar" 36 yoshli frantsiyalik futbolchini transferga qo‘ydi. Hozircha unga PSJ asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni vaqtda parijliklar Donnarummaga o‘inbosar qidirmoqda.

Jurnalist Loik Tansining yozishicha, PSJ klubi maslahatchisi Luish Kampush Frantsiya terma jamoasi sobiq darvozaboni va uning atorofdagilar bilan aloqani davom ettiryapti, biroq parijliklar darvozabonga asosiy tarkibga kirishini kafolat bera olmaydi. Agar transfer o‘xshamasa, PSJ yoshroq futbolchini qidirishga kirishadi.

Ma’lumot o‘rnida, Ugo Loris "Tottenxem" safida 447 ta o‘yinda maydonga tushib, 508 ta gol o‘tkazib yuborgan. U London klubida 2012 yildan beri o‘ynab kelmoqda.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!