Lotar Matteus: "Bu men kutgan futbolchi emas"

  • 27 avgust, 2024, 15:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya milliy terma jamoasi va "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklar himoyachisi Kim Min Jaeni "Volfsburg"ga qarshi o‘yini uchun tanqid qildi. Eslatib o‘tamiz, Bundesliganing ilk turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Volfsburg" - "Bavariya" o‘yinida mehmonlar qiyinchilik bilan raqibini mag‘lub etdi.

Tecno

"U menimcha "Napoli"dagi kabi o‘ynashga qodir emas. Chunki koreyalik futbolchi shu kuni himoyada "Napoli"dagidan butunlay boshqacha harakat qildi. Men futbolchini ko‘p tanqid qilmoqchi emasman. Lekin u aniq, tez va ishonchli uzatmalar borasida maqtanarli natijaga ega emas.

Bu men kutgan eng yuqori darajadagi o‘yin emas. Bu "Bavariya"ning darajasi emas. U hattoki yakkakurashlarda ham hozir "Napolida" ko‘rsatgan ko‘rsakichlariga emas" , - dedi Myunxen klubining sobiq futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!