Luis Dias mashg‘ulotlarga qaytdi

  • 4 noyabr, 2023, 06:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Liverpul" futbolchisi Luis Diasning ota-onasi o‘g‘irlab ketilgandi. Shu sababli, vinger jamoani vaqtincha tark etib, Kolumbiyaga qaytishga majbur bo‘ldi. 

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Dias mersisaydliklar tarkibiga kelib qo‘shildi va mashg‘ulotlarga kirishdi. Yurgen Kloop esa uni keyingi o‘yinda maydonga tushish, yoki tushmasligi haqda gapirdi:

"Ha, Dias mashg‘ulotlarga qaytdi. Biz uning holatini ko‘zdan kechirimiz kerak. Luisning tayyor bo‘lish, bo‘lmasligi o‘ziga bog‘liq", - dedi germaniyalik mutaxassis. 

"Liverpul"ni APLning 11-turida "Luton"ga qarshi bahs kutib turibdi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 23 ochko bilan 4-o‘rinda ketmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Diasning onasi topilgan, lekin otasidan hali ham jarak yo‘q. Hozircha faqat uni kim og‘irlab ketgani aniqlandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!