Luis Enrike ham maoshining chorak qismini olmaydigan bo‘ldi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya futbol federatsiyasi bilan pandemiya davrida maoshining 25 % ga qisqartirilishiga rozi bo‘ldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, endi 49 yoshli mutaxassis yiliga 1,5 mln evro maosh oladi.
Aytish kerakki, Ispaniya terma jamoasi so‘nggi bor yarim yil oldin yig‘in o‘tkazgan edi. Hozircha terma jamoa yana qachon yig‘ilishi noma’lum.

Fikrlar