Luis Enrike: "Mag‘lubiyat – bu muammo emas"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida "Chelsi"ga qarshi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘ylashimcha, o‘yin boshida bizga juda qiyin bo‘ldi – raqib juda katta energiya bilan harakat qildi. Bu faqat jismoniy holatga emas, balki o‘yin paytida foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlarga ham bog‘liq. Ular buni qanday amalga oshirishni yaxshiroq bilishdi.
Mag‘lubiyat – bu normal holat, bu muammo emas. Odamlar doim bunday paytlarda bizga tanqid yog‘dirishadi, bu ham muammo emas. Biz esa oldindagi qisqa, ammo juda muhim ta’tildan foydalanishimiz kerak" –dedi parijliklar mutaxassisi.

Fikrlar