
Luis Enrike Mbappe ilk turda qaydnomaga kiritilmasligini tasdiqladi!
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya chempionati 1-turidan o‘rin olgan o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis Kilian Mbappe atrofida yuz berayotgan voqealar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
"Men klub va futbolchi o‘rtasida kelishuv bo‘lishini istayman. Hozir men eng ko‘p xohlaydigan narsa shu.
Shuningdek, Kilian ertaga bo‘lib o‘tadigan bahsda qaydnomaga kiritilmaydi. Bu xabarni tasdiqlay olaman. Ammo Mbappe bo‘yicha boshqa ma’lumotlarni gapirishni lozim ko‘rmayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Liga 1 ilk turida "Loryan"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin tungi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar