
Luis Enrike o‘zini Xavidan ustun qo‘yib maqtandi
PSJni boshqarayotgan Luis Enrikedan murabbiy sifatida “Barselona”ning o‘yin uslubini qo‘llashda o‘zi yoki Xavi ustunligini so‘rashdi.
- Shubhasiz menman. To‘p bilan egalik qilish, yuqori bosim o‘tkazish, qo‘lga kiritilgan sovrinlar kabi ko‘rsatkichlarga bir e’tibor bering.
Bunaqa ma’lumotlarni boshqacha talqin qiladiganlar ham bor. Lekin bu raqamlar muhokama qilinmaydi, - dedi Luis Enrike.
Ispaniyalik mutaxassis “Barsellna”ni 2014-2017 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida kataloniyalkilar Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Kataloniya jamoasini 2021 yildan beri boshqarayotgan Xavi Ernandes esa o‘tgan yili “Barselona”ni La Liga g‘olibiga aylantirdi.
Fikrlar