
Luis Enrike PSJning bosh maqsadi nimaligini aytdi
PSJning yangi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish niyati borligini ma’lum qildi.
“Menga bosim yoqadi. Raqiblarimiz tajribasi ko‘proq bo‘lgani biz ular darajasida o‘ynay olmaymiz, degani emas.
Chempionlar ligasi – bizning maqsadimiz. Ambitsiyali bo‘lish ajoyib. Bu sinov, lekin men bunga to‘liq tayyorman.
Mening uslubim har kuni qanday yashashimni aks ettiradi. Men futbolchi bo‘lganman, “Barselona”da o‘ynaganman, katta klublarni boshqarganman, yulduzlar bilan ishlaganman va futbolchilarning qanday ekanligini bilaman. Agar ularga yordam berish uchun kelganingizni tushunishsa, ular sizni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ular uchun sahna tayyorlash kerak va ular o‘zlarini ko‘rsatadi.
Biz hujumkor futbol ko‘rsatishimiz kerak. Bu hatto muhokama ham qilinmaydi. Bu mening falsafam. Mening vazifam – individual tartibda ham, jamoaviy tartibda ham futbolchilardan maksimal darajada imkoniyatlarini olib chiqish”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar