Luis Enrique qaysi jamoalarga achinmayapti?

  • 23.04.2026 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

​PSJning chorshanba kungi g'alabasi “Nant” klubini inqiroz botqog'iga yanada chuqurroq itarib yubordi. Frantsiya chempionatining afsonaviy klubi ayni damda turnir jadvalidа oxirgi o'rinlardan birini egalab turibdi va deyarli muqarrar ravishda quyi ligaga (Liga 2) tushib ketish sari ketmoqda.

​Matbuot anjumanida Luis Enrique “Nant”ning holati bo'yicha berilgan savolga javob berar ekan, bu vaziyatdan uncha ta'sirlanmaganini bildirdi:

“Bu odatiy hol. Barcha chempionatlarda muhim tarixga ega bo'lgan, ammo qiyin ahvolga tushib qolgan jamoalar doim topiladi. Yuqori darajadagi futbol shunaqa narsa. To'g'ri, “Nant”ga safarga borganingda, u yerdagi stadion va muhit o'zgacha, juda o'ziga xos.

​Shuningdek, hozirda Liga 2 da o'ynayotgan va men Liga 1 da ko'rishni xohlaydigan jamoalar ham bor, masalan, “Sent-Etyen”, u ham tarixiy klub. Men hali “Sent-Etyen”ga qarshi hech o'ynamadim.

Yoki “Bordo”ni olaylik. Liga 1 ga qaytishga urinayotgan, ammo bunga kuchi yetmayotgan jamoalar ko'p va bu ular uchun achinarli. Lekin vaziyat shunday, buni qabul qilish kerak”.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!