
Luis Enrike transferlar borasida shikoyat qildi
Luis Enrike transferlar borasida gapira turib, aksariyat klublarni PSJga nisbatan adolatsizlik qilishda aybladi.
"Ba’zi bir jamoalar bizga kelganda o‘z futbolchilarining narxini sun’iy ravishda oshirib yuboradi. Misol uchun oddiygina kir yuvish mashinasini sotib olish kerak bo‘ldi deylik. Uning asl narxi 4 evrogina turadi. Lekin xaridor PSJ bo‘lsa, bu narx o‘z-o‘zidan oshib, 400 evro bo‘lib qoladi", - deb fikrlarini bildirdi Luis Enrike.
Fikrlar