Luis Enrike yana bir mashhur yulduzni “chopdi”

  • 21.05.2024 21:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe PSJni tark etganidan keyin jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar bosh murabbiy Luis Enrike yana bir mashhur yulduz bilan xayrlashishga tayyor. Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik murabbiy jamoaga o‘tgan yoz olib kelingan Usmon Dembeleni kelajak rejalariga kiritmadi.

Luis Enrike yozda 27 yoshli futbolchini transferga qo‘ymoqchi. PSJ Dembele transferidan 60 million evro ishlab olishni mo‘ljallayapti. Klub bu mablag‘ni Luis Enrike talablariga mos tushadigan yangi ijrochilarni olib kelishga sarflaydi.

Usmon Dembele 2023-2024 yilgi mavsumda 41 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!