Luis Enrique «Roma»ga o‘tish bo‘yicha qaror qabul qildi
«Zenit» yarim himoyachisi Luis Enrique «Roma» taklifini qabul qilgan va rimliklar safiga o‘tishga rozilik bildirgan.
«Zenit» ham Italiya klubi taklifini ko‘rib chiqishga va kelishuvni amalga oshirishga tayyor. Biroq «Roma» hozircha shoshilmayapti — klub transfer bozoridagi boshqa nomzodlarni ham o‘rganmoqda. Xususan, «Shtutgart» futbolchisi Jeymi Leveling rimliklar uchun Luis Enrikega nisbatan ustuvor variant sifatida ko‘rilmoqda. Braziliyalik futbolchi esa yakuniy qarorni kutib turibdi.
Ayni paytda «Zenit» Rossiya chempionati jadvalidagi uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Sergey Semak boshqaruvidagi jamoa 12 ochko to‘plagan.

Fikrlar