
Luka Modrich: "Real" hali o‘ziga keladi
"Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaning ayni paytda qayd etayotgan natijasi va o‘yini borasida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
- Jamoa bir maromda o‘yin namoyish etmayapti? To‘g‘ri. Chunki biz oxirgi yillarda juda katta ishlarni amalga oshirdik, sovrinlar yutdik. Bu oson ish emas, ko‘p kuch sarflanadi, mehnat qilinadi. Shuning uchun bizda biroz charchoq alomatlari sezilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu o‘tkinchi holat. Har bir jamoada bunday vaziyat uchrab turadi va biz ushbu qora kunlardan chiqib ketishimizga ishonaman. Chunki klubda katta ahil oila bor. "Real" hali o‘ziga keladi. Lekin biz La Ligada etakchilik qilyapmiz. Buni ham esdan chiqarmaslik zarur, - dedi Modrich.
Fikrlar