Luka Yovich APLni tanlaydimi yoki A seriyani?
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi xujumchisi Luka Yovich, Angliya premer-ligasida yoki Italiya A seriyasida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonadi.
- Bundesliga uchun jismoniy daraja juda muhim. "Chelsi" va "Inter" jamoalari bilan o‘yinlardan so‘ng men Premer-ligada yoki "A" seriyasida yanada yaxshiroq o‘ynashim mumkinligini his qildim. O‘yin uslubi tufayli bu turnirlarning jamoalari men uchun mosroq, - deya "Marsa" nashri iqtibos keltirdi Yovichning so‘zlaridan.
Ushbu mavsumda Luka Germaniya chempionatining 32 o‘yinida ishtirok etdi. 21 yoshli serbiyalik 17 ta gol va 5 ta assistlikga ega.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Yovichning xizmatlariga qiziqish bildirgan. Futbolchi "qaymoqranglilar" bilan besh yillik shartnomaga kelishib olgan bo‘lsa-da, Ispaniya klubi transfer miqdori bo‘yicha "Ayntraxt" bilan kelisha olmayapti.



Fikrlar