Lukaku baribir “Chelsi”da qolmaydi

  • 18 yanvar, 2022, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”dagi faoliyati ikkinchi urinishda ham yorqin chiqmagan Romelu Lukaku Italiyaga qaytish harakatiga tushib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Belgiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olgan “Inter”ga qaytmoqchi. Avvalroq, Lukakuning o‘zi “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo‘llayotgan taktika unga to‘g‘ri kelmayotgani va Milanga qaytishi haqida bayonot bergandi.

“Aristokratlar” rahbariyati va shaxsan Tuxel bilan suhbatdan keyin Lukaku fikrlari uchun uzr ham so‘radi. Shunga qaramay, u “Stemford Bridj”da o‘zini begona his qilmoqda.

Lukaku “Inter”ni muhim pallada tashlab ketgani bois klubning ashaddiy muxlislari uni yoqtirmay qolgan. Shuning uchun ham ular to‘purarni ortga qaytishiga qarshi chiqishi mumkin. Qolversa, Edin Jeko Lukakuning yo‘qligini bildirayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!