Lukaku "Chelsi" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 9 avgust, 2021, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku tez orada "Chelsi" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Lukaku bugun Milandagi Columbus klinikasida “Chelsi” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Natijalar muvaffaqiyatli chiqqan.

Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga qaraganda, Lukaku shu hafta Londonga yo‘l oladi. Ushbu transfer haqida yaqin kunlar ichida rasman e’lon qilinadi.

Bundan avvalroq, "Chelsi" Lukaku uchun “Inter”ga 115 million evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining yillik maoshi 12 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!