
Lukaku faoliyatini "Al-Hilol"da davom ettirishi mumkin
Romelu Lukaku faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Belgiyalik hujumchi "Al-Hilol"dan rasmiy taklif oldi, deb xabar beradi "Goal". Saudiyaliklar futbolchiga umumiy maoshi 50 million evro bo‘lgan 2 yillik shartnoma taklif qilishgan.
28 yoshli futbolchi tez orada "Inter"dan "Chelsi"ga qaytishi kerak. Maurisio Pochettino u bilan ishlashga tayyor bo‘lishiga qaramay, Lukaku "Al-Hilol" taklifini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Taklif etilayotgan shartnoma summasi unga unchalik to‘g‘ri kelmaydi - hujumchi Saudiya chempionatida ko‘proq maosh olmoqchi.
"Al-Hilol" Romelu transferini ta’minlash uchun "Chelsi" bilan muzokaraga kirishishi kerak. “Aristokratlar” yangi mavsum oldidan tarkibni qisqartirish uchun hujumchini sotishga tayyor.
Fikrlar