Lukaku: G‘alabadan xursandmiz, ammo himoyalanishda ko‘proq ishlashimiz kerak
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku "Sassuolo" (4:3) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Aslida, bellashuv 4:1 hisobida yakuniga etishi kerak edi.
Birinchi bo‘limda barchasini to‘g‘ri bajardik, ikkinchisida esa biz ko‘proq gol urishimiz kerak edi.
Yaxshi kayfiyatni beruvchi tomoni, biz 3 ochkoga ega bo‘ldik, ammo himoyalanishda ko‘proq ishlashimiz kerak. Men jamoaning g‘alabasi va xursandchiligi uchun yordam berishga harakat qilaman. Sababi, g‘alaba biz uchun juda muhim.
Golimni murabbiy bilan nishonlashim nima bilan bog‘liq? Biz Konte bilan bir jamoamiz. Qachonki gol ursam, men barcha bilan birga nishonlashni istayman. Har bir bahsda jonimni berib o‘ynayman," - dedi Lukaku.

Fikrlar