Lukaku “Inter” uchun gol urib, MYuga foyda keltiryapti

  • 4 mart, 2021, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Inter” rahbariyati “Manchester Yunayted”ga Romelu Lukaku transferi bo‘yicha bonus to‘lab berdi.

Belgiyalik hujumchining shartnomasida, u “Inter” tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynab keta olsa, manchesterliklar bonus olishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu kelishuvga ko‘ra, milanliklar inglizlarga 1,9 million evro bonus to‘lagan.

27 yoshli Lukaku 2019 yilning yozida “Inter”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning italiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Joriy mavsumda A Seriyada 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 18 ta gol va oltita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!