Lukaku "Manchester Siti"ning "javobini berdi"

  • 13 mart, 2021, 16:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku "Manchester Siti"ga o‘tmaydi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli belgiyalik futbolchini “neradzurrilar” safidagi barcha sharoit qanoatlantirmoqda va u boshqa jamoaga o‘tmoqchi emas.

Aytish lozimki, Lukakuni shaxsan “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotgan edi, ammo uning bu istagi joriy yoz amalga oshmaydigan ko‘rinadi.

Lukaku "Inter" safiga 2019 yilning avgustida “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida 84 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 58 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 90 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!