
Lukaku xorijda o‘ynayotgan eng yaxshi belgiyalik futbolchi, deb topildi
“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku xorijda o‘ynayotgan eng yaxshi belgiyalik futbolchi, deb topildi.
“Xudoga shukr, ushbu sovrinni qo‘lga kiritdim. Buning uchun “Inter”dagi va Belgiya terma jamoasidagi sheriklarimga minnatdorlik bildiraman. Bu borada sizlarning yordamingiz beqiyos bo‘ldi. O‘sishga erishganim uchun ikkala jamoadagi ustozlarimga ham rahmat aytaman”, - dedi Lukaku.
27 yoshli Lukaku joriy mavsum “Inter” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar