Lukaku yangi mavsumni qaerda o‘tkazishi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 03.06.2021 10:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku mavsumlar oralig‘ida o‘z ish joyini o‘zgartirmoqchi emas.

Belgiya terma jamoasi yig‘inida bo‘lib turgan Lukaku Het Laatste Nieuws nashriga bergan intervyusida Antonio Kontedan so‘ng keladigan murabbiy bilan birga “Inter”ni yana chempion qilishga tayyorligini aytgan.

Yakunlangan 2020/21 yilgi mavsumda Antonio Konte boshqaruvidagi “Inter” A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritdi. Italiyalik mutaxassis shundan so‘ng o‘z lavozimini tark etdi.

Bundan avvalroq Lukaku yozda “Chelsi”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Romelu joriy mavsum Italiya A Seriyasida 36 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 24 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
03/06/2021 10:59
ШУ ФУТБОЛЧИНИ МЮ СОТИБ ХАТО КИЛГАН