
Lukaku zo‘rmi yoki Keyn?
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasiga qaytgan Romelu Lukaku va “aristokratlar” qo‘lga kirita olmagan Harri Keynning imkoniyatlarini solishtirdi.
- Bu ikki yigit eng muhim gollarni uradi. Ular o‘zlari ishtirok etgan turnirlarning har biri raqib darvozasiga yo‘l topa oladi. Bu jihat ularning ikkisida ham bor. Biroq, Lukaku va Keyn boshqa tomondan umuman bir biriga o‘xshamagan hujumchilardir, - dedi Tomas Tuxel.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel shogirdlari premer-liganing 5-turida aynan “Tottenxem” bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 19 sentyabr kuni “Tottenxem” maydonida bo‘ladi.
Fikrlar