
Lukakuni biz olamiz!
“Atletiko” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Chelsi”da ishlari yurishmayotgan Romelu Lukakuni olib kelmoqchi.
Londonliklar yozda belgiyalik futbolchini olish uchun “Inter”ga 97,5 million funt to‘lagan edi. Biroq, qimmatbaho transfer o‘zini oqlamadi. Tajribali futbolchi ikkinchi urinishda ham “aristokratlar” kutgan samaradorlikni ko‘shrsata olmadi.
“Chelsi” tarixidagi eng qimmat transfer egasi bo‘lgan Romeluning o‘zi ham boshqa chempionatga o‘tish istagini yashirmayapti. U hozir “Inter”ga qaytishni orzu qilyapti. Biroq, Milan shahrining “Inter”ga muxlislik qiladigan aholasi hujumchi pul uchun jamoani tark etganini ta’kidlab, uning qaytishiga qarshi chiqdi.
Qolaversa, “Chelsi” atrofida yuzaga kelgan vaziyat jamoaning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan va ko‘p futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tish payida yuribdi.
Fikrlar