
Lukashenko tashrif buyurgan bahsda "Dinamo" Minsk mag‘lubiyatga uchradi
Muntazam chempionatning ikkinchi kunida 6 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi. Minskning "Dinamo" klubi o‘z maydonida Nijnekamskning "Nefteximik"ini qabul qildi.
"Minsk-Arena"da kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda mehmonlar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Mazkur bellashuvga Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko ham tashrif buyurganligini ta’kidlash joiz.
Dinamo Minsk – Nefteximik – 2:4 (0:1, 2:1, 0:2)
Shaybalar:
0:1 – 6 Poryadin (Uayt, Zaxarchuk)
1:1 – 24 Pulkkinen (Shor)
1:2 – 34 Zaxarchuk (Xafizov, Sharipzyanov)
2:2 – 36 Granyani (Shor)
2:3 – 48 Bryntsev (Kulakov, Avtsin)
2:4 – 59 Kazionov (Zaxarchuk, Kulakov)
Fikrlar